Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh FZT asosiy stavkani ketma-ket ikkinchi marta pasaytirdi
AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) 25 bazaviy punktga foiz stavkasini pasaytirishni AQSh mehnat bozoridagi xatarlar oshishi bilan izohladi. Bundan oldin Donald Tramp stavkalarni tushirishni bir necha bor talab qilgan edi.
Foto: Shutterstock
Federal rezerv tizimi olti hafta ichida ikkinchi marta federal fondlar bo‘yicha foiz stavkasini pasaytirdi. Ochiq bozor operatsiyalari bo‘yicha qo‘mita (FOMC) yig‘ilishi yakunlariga bag‘ishlangan, 29 oktyabr kuni e’lon qilingan press-relizda aytilishicha, hisob stavkasi 25 bazaviy punktga kamaytirildi va hozir 3,75–4,0 foiz diapazonida.
FZTning qayd etishicha, so‘nggi oylarda AQSh mehnat bozoridagi xatarlar ortib bormoqda: iqtisodiy faollik o‘rtacha sur’atlarda o‘smoqda, bandlik o‘sishi sekinlashgan, ishsizlik darajasi ko‘tarilgan, inflatsiya esa jadallashgan va “biroz yuqori” darajada saqlanib turibdi.
AFP agentligi ta’kidlashicha, avgust oyida vaziyat prezident Donald Tramp amalga oshirayotgan boj siyosatiga oid noaniqlik fonida yanada yomonlashdi. AQShda hukumat ishining qisman to‘xtashi (shutdown) tufayli regulyator inobatga oladigan muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlar e’lon qilinmayapti.
Bundan oldin Donald Tramp ipoteka kreditlarini yanada haqqoniy qilish uchun stavkalarni sezilarli darajada tushirishni bir necha bor talab qilgan.
FOMC'ning oldingi — 17 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida 2025 yilda ilk marotaba stavka 4,25–4,5 foizdan 4–4,25 foizga tushirilgan edi. Ungacha u beshta yig‘ilish davomida o‘zgarmagan. AQSh regulyatorining navbatdagi yig‘ilishi 9–10 dekabr kunlari o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
22:54 / 25.03.2026
Tramp Texnologiya kengashiga Tsukerbergni tayinladi
21:11 / 25.03.2026
Eron uchun AQSh tinchlik rejasining 15 ta bandi ma’lum bo‘ldi – OAV
21:02 / 25.03.2026
Turkiya arab davlatlarini Eron bilan urushmaslikka ko‘ndirmoqchi
20:52 / 25.03.2026