O‘zbekiston | 07:53 / 31.10.2025
7854
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda qalbaki dori vositalari ishlab chiqarish sexi fosh etildi

DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Bojxona qo‘mitasi Namangan shahrida noqonuniy dori aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazdi. Biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqarishga ruxsatga ega MChJ sanitariya talablariga javob bermaydigan joyda 9 turdagi qalbaki dori tayyorlab kelgani aniqlandi.

Foto: Videodan kadr

Namangan shahrida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MChJga tegishli sex ko‘zdan kechirildi. Tekshiruvda korxona belgilangan tartib-qoidalarni qo‘pol ravishda buzgan holda, nomlarini o‘zgartirib, 9 turdagi kontrafakt dori vositalarini qo‘lbola usulda tayyorlab kelgani aniqlandi.

Joydan umumiy qiymati taxminan 30 mlrd so‘mga teng tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi: 1,2 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi 9 turdagi 138 031 quti dori va BFQ, 1,8 mlrd so‘mlik prekursorlar, 3,4 mlrd so‘mlik flakon, qopqoq, quti va etiketkalar, shuningdek 18 mlrd so‘mlik 14 nomdagi uskuna hamda 5,6 mlrd so‘mlik 23 dona maxsus idish.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qalbaki dori vositalari Farg‘ona vodiysi, Toshkent shahri va boshqa hududlarga yetkazib berib kelingan. Hozirda ekspertiza tayinlangan, surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid