Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shanba kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
31 oktyabr kuni Buxoro va Navoiy viloyatlarida, shanba kuni esa Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Havo harorati biroz pasayadi, shamol kuchayadi. Yakshanba kuni quruq va salqin ob-havo saqlanib turadi.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda 31 oktyabr va 1 noyabr kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, deya xabar qildi «O‘zgidromet».
Qayd etilishicha, 31 oktyabr kuni respublika shimolidagi ayrim hududlarda Buxoro va Navoiy viloyatlarida, kechasi Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Respublika janubida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shanba kuni kechasi va ertalab Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab quruq va salqin ob-havo saqlanib turadi.
Havo harorat 31 oktyabr kuni +20…+25 daraja, shimolda +13…+18 daraja bo‘ladi. Dam olish kunlari harorat +15…+20 darajagacha pasayadi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 31 oktyabrda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Juma kuni kechasi biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10–12 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Havo harorat +21…+23 daraja bo‘ladi.
Shanba kuni kechasi biroz yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor.
Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorat shanba kuni +16…+18 daraja, yakshanbada +18…+20 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat +8…+10 daraja atrofida bo‘ladi.
Mavzuga oid
15:59 / 05.12.2025
O‘zbekistonda 8 dekabrdan havo sovishi kutilmoqda
11:59 / 05.12.2025
Hafta oxirida yana yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin
10:06 / 04.12.2025
Toshkentda havo ifloslanishi: 4 dekabr kuni ham RM2,5 me’yordan oshdi
20:19 / 01.12.2025