Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 noyabrdan «Yerusti halqa yo‘li» to‘liq ishga tushdi
«Toshkent metropoliteni» DUK ma’lumotiga ko‘ra, 1 noyabr tongidan «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishi yo‘lovchilar uchun to‘liq ochildi. Hozirda liniya bo‘ylab 12 ta harakat tarkibi 7 daqiqalik interval bilan qatnamoqda.
Foto: Kun.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘nalish hali ishga tushmagani haqidagi xabarlar yuzasidan «Toshkent metropoliteni» DUK rasmiy bayonot berdi.
Korxonaga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabr kuni tongdan boshlab «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishi to‘liq ishga tushirilgan va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Marshrutda 12 ta poyezd joylangan bo‘lib, harakat oraliqlari 7 daqiqa etib belgilangan.
Metropoliten ma’muriyati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini axborot tarqatishda faqat rasmiy manbalarga tayanishga chaqirdi.
Mavzuga oid
23:31 / 18.03.2026
Hayit kuni Toshkent shahrida jamoat transporti o‘z ishini soat 4 dan boshlaydi
15:06 / 14.02.2026
Toshkentda qanday qilib yo‘lkirada pul tejash mumkin?
10:50 / 10.02.2026
Temiryo‘l va metroda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun jarimalar belgilandi
12:30 / 03.02.2026