Texnologiya | 21:07 / 01.11.2025
11322
2 daqiqa o‘qiladi

ChatGPT tibbiy va huquqiy maslahatlar berishni to‘xtatdi

OpenAI kompaniyasi ChatGPT chat-botiga shaxsiy shifokor yoki huquqshunos sifatida javob berishni taqiqladi.

Foto: REUTERS/Florence Lo

OpenAI kompaniyasi ChatGPT chat-botidan foydalanish shartlarini yangilab, foydalanuvchilarga huquqiy va tibbiy masalalar bo‘yicha maslahat berishni taqiqladi.

Reddit foydalanuvchilari endi ChatGPT bunday so‘rovlarga javoban faqat internetda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etishini va shifokor yoki yuristga murojaat qilishni tavsiya etishini payqadi. Bundan tashqari, chat-bot endi tibbiy suratlar va tana fotosuratlarini tahlil qilmaydi.

Muhokamalarga qaraganda, turli farazli ssenariylar orqali cheklovlarni chetlab o‘tishga urinishlar ham ish bermaydi - himoya algoritmi umumiy maslahatlar beradi va tafsilotlarni litsenziyali mutaxassisdan so‘rashni aytadi. Ba’zi foydalanuvchilar, shuningdek, ChatGPT tibbiy va huquqiy mavzularda ilgari boshlangan muloqotlarni davom ettirishni to‘xtatganini payqadi.

OpenAI o‘z siyosatidagi o‘zgarishlarga rasman izoh bermadi, ammo bu katta ehtimol bilan huquqiy xavflardan qochish uchun qilingan. Statistika shuni ko‘rsatadiki, tobora ko‘proq odamlar tibbiy va huquqiy yordam olish uchun, ba’zan esa hatto sud ishlarida ham ChatGPT’dan foydalanmoqda. Bu kompaniya uchun xavf tug‘dirishi mumkin, chunki bunday javoblar tibbiy yoki advokatlik siri to‘g‘risidagi qonunlarga mos kelmaydi.

Avvalroq, mashhur neyrotarmoq botlari, jumladan ChatGPT so‘nggi paytlarda avvalgidan ikki baravar ko‘proq yolg‘on gapira boshlagani ma’lum bo‘ldi. Mutaxassislarning fikricha, muammo shundaki, botlar kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lmasa, javobni o‘ylab topishga harakat qiladi.

Mavzuga oid