Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda soxta treyder qo‘lga olindi
U fuqaroning pulini sarmoya qilish orqali ko‘paytirib berishga ishontirib, 100 ming AQSh dollarini olgan.
Foto: Getty Images
Toshkent shahri Yunusobod tumanida Shuhrat ismli shaxs fuqaroning pulini sarmoya qilish orqali ko‘paytirib berishga ishontirib, 100 ming AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Holat yuzasidan Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) to‘rtinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.
Toshkent shahar IIBB firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqirdi.
Mavzuga oid
16:40 / 16.05.2026
Sergelidagi qo‘lansa hid: muammo yechimi nimaga bog‘liq?
12:22 / 16.05.2026
Mutlaq rekord: Toshkentda 912 marta qoida buzgan Matiz aniqlandi
12:11 / 15.05.2026
Hokimiyat shafeligida qurilgan uylar bitmay turib buziladigan bo‘ldi. Hokimga ishonganlar holi ne kechadi?
20:31 / 13.05.2026