Jamiyat | 00:02 / 03.11.2025
3871
1 daqiqa o‘qiladi

Bekobodda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish sexi aniqlandi

1200 litr iste’molga yaroqsiz yog‘, 1200 kg paxta chigiti, moyjuvoz uskunasi va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Foto: Telegram/Department_uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.I. “Yoshlik” MFY hududidagi xonadonida chigitdan qo‘lbola usulda yog‘ ishlab chiqarayotganligi aniqlangan.

Undan 1200 litr iste’molga yaroqsiz yog‘, 1200 kg paxta chigiti, moyjuvoz uskunasi va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid