O‘zbekiston | 13:43 / 03.11.2025
9198
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida kechalari sovuq bo‘lishi kutilmoqda

Dushanba kuni O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgarishi kutilmoqda. Chorshanba kuniga qadar ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Hafta o‘rtasida harorat kechalari 0…–3 daraja, shimolda –5 darajagacha, kunduz kunlari +5…+10 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Kun.uz

Respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

3 noyabrdan 5 noyabrgacha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi, 4 noyabr kuni ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

4 va 5 noyabr kunlari harorat kechasi 0…3 darajagacha, shimolda –5 darajagacha, kunduzi +5…+10 darajagacha asta-sekin pasayadi.

6 noyabrdan boshlab hafta oxirigacha O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib qoladi. Ba’zi hududlarda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Havo harorat +3…+5 darajagacha, kunduzi +13…+16 darajagacha ko‘tariladi.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, bugun kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol 510 metr/soniya tezlikda esadi. Havo harorati +14…+16 darajani tashkil etadi. 4 noyabrdan 5 noyabrning tongiga qadar vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.

Havo harorat +4…+5 noyabrda kechasi 0…2 darajagacha, kunduzi +5…+7 darajagacha pasayadi.

Hafta oxirida kechasi salqin havo haroratlari saqlanib qoladi, kunduzi esa +10…+13 darajagacha ko‘tariladi.

Bundan oldinroq O‘zgidromet O‘zbekistonda noyabr oyi boshida havo harorati keskin pasayishi kutilayotganidan ogohlantirgandi.

Mavzuga oid