Respublikaning barça hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi, deya xabar berdi Özgidromet.
3 noyabrdan 5 noyabrgaça ba’zi joylarda yomğir yoğadi. Toğoldi va toğli hududlarda qorga aylanadi, 4 noyabr kuni ba’zi joylarda kuçli yoğingarçilik bölişi kutilmoqda.
4 va 5 noyabr kunlari harorat keçasi 0…–3 darajagaça, şimolda –5 darajagaça, kunduzi +5…+10 darajagaça asta-sekin pasayadi.
6 noyabrdan boşlab hafta oxirigaça Özbekiston böylab yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanib qoladi. Ba’zi hududlarda keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin.
Havo harorat +3…+5 darajagaça, kunduzi +13…+16 darajagaça kötariladi.
Toşkent şahrida havo özgaruvçan böladi, bugun kunning ikkinçi yarmida yomğir yoğişi kutilmoqda. Şamol 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Havo harorati +14…+16 darajani taşkil etadi. 4 noyabrdan 5 noyabrning tongiga qadar vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi.
Havo harorat +4…+5 noyabrda keçasi 0…–2 darajagaça, kunduzi +5…+7 darajagaça pasayadi.
Hafta oxirida keçasi salqin havo haroratlari saqlanib qoladi, kunduzi esa +10…+13 darajagaça kötariladi.
Bundan oldinroq Özgidromet Özbekistonda noyabr oyi boşida havo harorati keskin pasayişi kutilayotganidan ogohlantirgandi.












