Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IHTTga migrantlar oqimi biroz pasaydi, ammo hali ham rekord darajada
2024 yilda IHTTning 38 davlatiga doimiy yashash uchun 6,2 million kishi kirib keldi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 4 foizga kam, ammo pandemiyadan oldingi davrga nisbatan 15 foiz ko‘p.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) davlatlariga doimiy yashash uchun kelgan migrantlar oqimi 2024 yilda uch yillik sezilarli o‘sishdan so‘ng ilk bor biroz kamaydi. Tashkilotning 3 noyabr kuni Bryusselda e’lon qilgan hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yili IHTTning 38 davlatiga doimiy yashash uchun 6,2 million odam kelgan — bu ko‘rsatkich 2023 yildagidan 4 foiz past. Shu bilan birga, yangi doimiy migrantlar oqimi tarixiy maksimal darajada qoldi: 2019 yilga (COVID-19 pandemiyasigacha) nisbatan 15 foizga yuqori.
IHTT mamlakatlariga doimiy migratsiyaning asosiy sababi — oila bilan qayta birlashish. Shu fonda mehnat migrantlari soni 2020 yildan beri kuzatilgan barqaror o‘sishdan so‘ng 21 foizga qisqardi.
Hisobotga ko‘ra, migrantlarning yarmi besh davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. AQSh 1,42 million kishi bilan birinchi o‘rinda, undan keyin 586 ming kishi bilan Germaniya kelyapti. Keyingi qatorda — Kanada, Buyuk Britaniya va Ispaniya.
Ayrim Yevropa mamlakatlarida migrantlar soni sezilarli qisqargan: masalan, Germaniyada 2023 yilga nisbatan doimiy migrantlar 12 foizga kamaygan. Buyuk Britaniyada bu ko‘rsatkich 2024 yilda 41 foizga tushgan, AQShda esa aksincha — 20 foizga o‘sgan.
Shu bilan birga, IHTT mamlakatlarida siyosiy boshpana so‘rovchilar soni o‘sishda davom etdi va yangi maksimumga — 3,1 million yangi arizaga yetdi. Bu 2023 yilga nisbatan 13 foiz ko‘p. Kelib chiqish mamlakatlari orasida Venesuela, Kolumbiya va Suriya peshqadam bo‘ldi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026