Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston–Ummon: ta’limda qo‘shma loyihalar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston TIVning birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyev Ummon ta’lim vaziri Madiha binti Ahmad Al Shaibani bilan uchrashdi. Tomonlar ta’lim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar, zamonaviy o‘quv dasturlari, kasbiy ta’lim va innovatsiya bo‘yicha hamkorlik, talabalar uchun stajirovka hamda akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyev Ummon Sultonligining ta’lim vaziri Madiha binti Ahmad Al Shaibani bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda, xususan, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan YuNESKO bosh konferensiyasining 43-sessiyasi yuqori saviyada tashkil etilgani qayd etildi. Mazkur nufuzli anjuman doirasida qabul qilingan qarorlar xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Muloqot davomida ikki mamlakatning ta’lim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek kasbiy ta’lim va innovatsiya yo‘nalishlarida tajriba almashish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Ummon ta’lim vaziri Madiha binti Ahmad Al Shaibani O‘zbekiston va Ummon o‘rtasidagi tarixiy, madaniy va ma’naviy yaqinlik ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun mustahkam asos ekanini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni sifat jihatdan boyitish, jumladan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, talabalar uchun qisqa muddatli malaka oshirish (stajirovka) va akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Mavzuga oid
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026