Jamiyat | 10:10 / 04.11.2025
6531
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonida qor: yo‘l xizmatlari kuchaytirildi

4 noyabr kuni Qamchiq dovonining yuqori qismida qor yog‘moqda. FVV, YPX va “Qamchiqavtoyo‘l” xodimlari yo‘lni qordan tozalash, muzlamalarning oldini olish hamda qum–tuz aralashmasini sepish ishlarini olib bormoqda. Yo‘lda qolib ketgan haydovchilarga qutqaruvchilar tomonidan yordam ko‘rsatilmoqda.

Foto: Videodan kadr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, dovon hududida yog‘ayotgan qor sababli profilaktika ishlari kuchaytirilgan. Yo‘l xizmatlari tomonidan yo‘l qoplamasini qordan tozalash, muzlamaning oldini olish va qum–tuz aralashmasini qo‘llash ishlari uzluksiz amalga oshirilmoqda.

FVV qutqaruvchilari nazorat tadbirlarini o‘tkazib, yo‘lda to‘xtab qolgan transport vositalarini xavfsiz joyga chiqarish hamda haydovchilarga zarur texnik yordam ko‘rsatmoqda.

Vazirlik haydovchilardan dovon hududida harakatlanishda quyidagilarga rioya qilishni so‘radi:

  • transport vositasini qish mavsumiga tayyorlash;
  • tezlik va masofa me’yorlariga qat’iy amal qilish;
  • qishki shinalardan foydalanish;
  • ob-havo sharoitiga mos holda yo‘l harakati qoidalariga rioya etish.

Mavzuga oid