O‘zbekiston | 11:07 / 04.11.2025
4405
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways reyslari Ufa o‘rniga Qozonga yo‘naltirildi

Ufa xalqaro aeroportida joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlar sabab, Uzbekistan Airways'ning HY9657/9658 (Toshkent–Ufa–Toshkent) reyslari zaxira aeroport - Qozonga yo‘naltirildi. Harakat jadvali bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinadi.

Foto: Uzbekistan Airways

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, Ufadagi vaqtinchalik cheklovlar tufayli HY9657/9658 reyslari Qozon shahridagi zaxira aeroportga yo‘naltirildi. Yo‘lovchilar va kutib oluvchilardan rasmiy kanallar orqali yangiliklarni kuzatib borish so‘ralgan.

Kompaniya tez orada harakat jadvali va logistika bo‘yicha tavsiyalarni e’lon qiladi. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.

Yo‘lovchilar koll-markaz orqali chipta va bagaj bo‘yicha savollarini aniqlashtirishlari mumkin.

Mavzuga oid