Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobillar importi: O‘zbekiston bozorida Xitoy, Koreya va AQSh peshqadam
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonga 29 davlatdan jami 56 337 dona yengil avtomobil (elektromobillarini qo‘shgan holda) import qilindi. Import qiymati 807,3 mln AQSh dollarini tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan hajm 1 927 donaga oshdi.
9 oylik ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p yengil avtomobil yetkazib bergan davlatlar quyidagicha:
- Xitoy — 51 770 dona;
- Koreya Respublikasi — 2 524 dona;
- AQSh — 511 dona;
- Yaponiya — 296 dona;
- Germaniya — 265 dona;
- Hongkong — 249 dona;
- Rossiya — 171 dona;
- Hindiston — 168 dona;
- BAA — 98 dona;
- Avstriya — 63 dona;
- boshqa davlatlar — 222 dona.
Import hajmining asosiy qismi Xitoy ulushiga to‘g‘ri kelmoqda (qariyb 92 foiz). Koreya Respublikasi ikkinchi o‘rinda, AQSh uchlikni yakunlamoqda. Elektromobillarning ulushi ham umumiy dinamikaga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
08:48 / 20.06.2026
Qumga boy Saudiya nega qum import qilmoqda?
09:49 / 19.06.2026
O‘zbekistonda talabalar soni 1,5 milliondan oshdi
11:10 / 17.06.2026
O‘qish maqsadida chet elga chiqqanlar soni kamaydi
10:15 / 17.06.2026