Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Centrum Air Samarqand-Dushanbe reyslarini bekor qildi
Bu yo‘lovchilar sonining kamligi, hatto faol parvozlar davrida ham samolyotlar to‘lmagani bilan izohlandi.
Uch oy davomida Samarqanddan Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga amalga oshirilgan aviaqatnovlar butunlay bekor qilindi. Bunga marshrutga bo‘lgan talabning pastligi sabab bo‘ldi, deb xabar berdi Asia-Plus.
Centrum Air aviakompaniyasining Tojikistondagi vakolatxonasi buni yo‘lovchilar sonining kamligi, hatto faol parvozlar davrida ham samolyotlar to‘lmagani bilan izohladi. Kompaniya vakillari reysni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror vaziyatni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqilgandan so‘ng qabul qilinganini ta’kidladi.
«Yaqin kelajakda ushbu reysni qayta tiklash haqida gap yo‘q», deyiladi kompaniya xabarida.
Samarqand-Dushanbe-Samarqand reyslari 2025 yil 20 iyul kuni ochilgan edi. Uni O‘zbekistonning Centrum Air aviakompaniyasi payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirgan va chiptalar narxi taxminan 460 somoniyni (≈595 ming so‘m) tashkil etgan.
Hozir Centrum Air chorshanba va shanba kunlari Toshkent-Dushanbe-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirmoqda. Chipta narxi 653 ming so‘mni tashkil etadi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026