O‘zbekiston | 10:12 / 05.11.2025
1935
2 daqiqa o‘qiladi

Chirchiqda “Aqlli shahar” tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi

Prezident raisligidagi 21 oktyabr kungi videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida, 1 noyabr kuni Chirchiq shahri rahbariyati Urganchda sun’iy intellekt asosida yo‘lga qo‘yilgan “Aqlli shahar” tajribasini o‘rgandi. Loyiha Chirchiqda bosqichma-bosqich joriy etilib, 2026 yil yakuniga qadar to‘liq ishga tushiriladi.

Foto: Chirchiq shahar hokimligi

Chirchiq shahar hokimi M.Abdurahimov va hokim o‘rinbosari A.Ermatov Urganch shahridagi “Aqlli shahar” tizimi faoliyati bilan tanishib, qator yo‘nalishlarda tajriba almashdi.

Boshqaruvni optimallashtirishda raqamli platformalar orqali shahar xizmatlari va qaror qabul qilish jarayonlarini soddalashtirish ko‘rib chiqildi.

Kommunal xizmatlar sohasida: nosozlik va muammolarni 24/7 rejimida aniqlash, tezkor bartaraf etish.

SI (AI) asosida profilaktika bo‘yicha infratuzilmada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarni oldindan bashorat qilish va oldini olish muhokama qilindi.

Aholi bilan muloqot yo‘nalishida real vaqt rejimida murojaatlarni qabul qilish va monitoring qilish o‘rganildi.

Tizim 24/7 rejimida ishlab, aholi murojaatlarini onlayn qabul qiladi, kommunal sohadagi muammolarni tezkor hal etishga yordam beradi. Sun’iy intellekt vositalari infratuzilmada ehtimoliy nosozliklarni oldindan aniqlab, xavflarni kamaytiradi.

Tashabbus Chirchiqda zamonaviy, qulay va samarali raqamli boshqaruv modelini shakllantirish, raqamli texnologiyalarni keng tatbiq etish hamda aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid