O‘zbekiston | 13:00 / 05.11.2025
6754
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston demografiyasi: poytaxtdan ko‘ra Samarqandda aholi ko‘proq

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatiga mamlakat doimiy aholisi 38 069 116 kishini tashkil etdi. Hududlar orasida Samarqand viloyati - 4 360 070 kishi bilan peshqadam. Undan keyin Farg‘ona (4 204 284) va Qashqadaryo (3 697 658) viloyatlari boryapti. Toshkent shahrida aholi 3 164 030, Toshkent viloyatida 3 148 569 kishini tashkil etdi.

Foto: Kun.uz

Yangilangan ro‘yxatga ko‘ra, hududlar kesimida doimiy aholi soni quyidagicha:

  • Samarqand viloyati — 4 360 070;
  • Farg‘ona viloyati — 4 204 284;
  • Qashqadaryo viloyati — 3 697 658;
  • Andijon viloyati — 3 507 220;
  • Namangan viloyati — 3 177 070;
  • Toshkent shahri — 3 164 030;
  • Toshkent viloyati — 3 148 569;
  • Surxondaryo viloyati — 2 994 070;
  • Buxoro viloyati — 2 099 069;
  • Xorazm viloyati — 2 059 078;
  • Qoraqalpog‘iston R. — 2 046 890;
  • Jizzax viloyati — 1 559 883;
  • Navoiy viloyati — 1 108 595;
  • Sirdaryo viloyati — 942 630.

Samarqand viloyati poytaxt shahardan ham ko‘proq aholiga ega. Vodiy hududlari (Farg‘ona, Andijon, Namangan) yuqori o‘rinlarda — zich aholi va yuqori urbanizatsiya tendensiyasi saqlanmoqda. Eng past ko‘rsatkich: Sirdaryo viloyati — 942,6 ming.

Mavzuga oid