Sport | 11:01 / 05.11.2025
1619
1 daqiqa o‘qiladi

Shaxmat: O‘zbekiston ayollar jamoasi JChda debyut qiladi

Boku shahridagi O‘zbekiston-Ozarboyjon ayollar terma jamoalari o‘rtasidagi match-turnirda o‘zbekistonliklar 2,5:1,5 hisobida zafar quchib, 2025 yil noyabr oyida Ispaniyaning Linares shahrida bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi jamoaviy jahon chempionatiga ilk bor yo‘llanma qo‘lga kiritdi.

Foto: iStock

Bellashuvning hal qiluvchi o‘yinlarida erishilgan g‘alaba natijasida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarixiy natija qayd etdi — mamlakat nomidan ayollar jamoaviy jahon chempionatida birinchi marta ishtirok etish huquqini oldi.

Turnir reglamentiga muvofiq, yo‘llanma sohibi sifatida terma jamoa Linaresda dunyoning yetakchi termalariga qarshi bahs olib boradi. 

Chempionatda yuqori darajadagi raqiblar bilan uchrashuvlar kutilmoqda, bu esa jamoa uchun xalqaro tajribani yanada boyitish imkonini beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid