Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon armiyasi NATO standartlariga moslashtiriladi – Aliyev
Ilhom Aliyev bu borada Turkiya armiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini ta’kidladi.
Ozarboyjon armiyasi NATO standartlariga moslashtirilmoqda. APA xabariga ko‘ra, bu haqda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 6 noyabr kuni NATO delegatsiyasini qabul qilganida aytib o‘tgan.
«Davlat rahbari bu borada Turkiya armiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini ta’kidladi. Shu munosabat bilan u mamlakat va alyans o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirishning roliga to‘xtalib o‘tdi», deyiladi xabarda.
Qayd qilinishicha, Ozarboyjon armiyasini modernizatsiya qilish jarayoni davom ettiriladi.
Aliyev bilan uchrashuvda Turkiya, Niderlandiya, Shimoliy Makedoniya, Gretsiya, Vengriya, Chernogoriya, Norvegiya, Slovakiya, Sloveniya, Shvetsiya, Chexiya, Portugaliya, Ispaniya, AQSh va Fransiyadan NATO vakillari ishtirok etgan.
Mavzuga oid
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026