Jamiyat | 12:39 / 07.11.2025
5443
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyatida 1,4 mlrd so‘m subsidiya mablag‘lari o‘zlashtirilgani aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (KQQA) Farg‘ona viloyatida 2023 yil 22 iyuldagi 307-son Vazirlar Mahkamasi qarori asosida ajratilgan subsidiyalarning maqsadli sarflanishini o‘rganib, 2023–2024 yillarda tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan 9,3 mlrd so‘m subsidiyadan kamida 1,4 mlrd so‘mi o‘zlashtirilganini aniqladi.

Aniqlangan holatlar kesimi:

  • Uchko‘prik tumani: 2 ta yuridik shaxs 37 nafar kasanachiga 309,4 mln so‘mlik asbob-uskunani yetkazmagan;
  • Rishton tumani: 1 ta yuridik shaxs 42 nafar kasanachiga 277,2 mln so‘m;
  • Bog‘dod tumani: 2 ta yuridik shaxs 54 nafar kasanachiga 275,0 mln so‘m;
  • Beshariq tumani: 1 ta yuridik shaxs 33 nafar kasanachiga 192,4 mln so‘m;
  • Qo‘qon shahri: 1 ta yuridik shaxs 17 nafar kasanachiga 160,5 mln so‘m;
  • Farg‘ona tumani: 1 ta yuridik shaxs 14 nafar kasanachiga 106,3 mln so‘m;
  • Farg‘ona shahri: 1 ta yuridik shaxs 15 nafar kasanachiga 98,0 mln so‘m;
  • Dang‘ara tumani: 1 ta yuridik shaxs 7 nafar kasanachiga 51,0 mln so‘m.

Qo‘shimcha ravishda, jami 335,0 mln so‘m subsidiya asossiz ajratilgani qayd etildi.

6 nafar fuqaro nomiga ikki marta to‘lov amalga oshirilib, jami 34,9 mln so‘m qarorga zid ravishda berib yuborilgan.

VM qarori 252-son (11.05.2022) talabi buzilib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 47 nafar fuqaroga, ular avval subsidiya olgan bo‘lsa-da, yana takroran 300,1 mln so‘m ajratilgan.

Qaror talabi bo‘yicha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari hamda hokim yordamchilari tomonidan olib borilishi kerak bo‘lgan monitoring ishlarida mas’uliyatsizlik va qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgani ta’kidlandi.

To‘plangan materiallar asosida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid