Jahon | 11:29 / 07.11.2025
6720
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston Ibrohim kelishuvlariga qo‘shiladi

Qozog‘iston Isroil va qator arab davlatlari o‘rtasidagi Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilishini ma’lum qildi. Bu qadam asosan ramziy deb baholanmoqda, chunki Ostona 1992 yildan beri Isroil bilan diplomatik aloqalarga ega. Qadam Tramp ma’muriyati tashabbusini qayta faollashtirishga qaratilgan. 

Foto: Shutterstock

Xabar avvalroq AQSh rasmiylari tomonidan tasdiqlandi, shundan so‘ng prezident Donald Tramp Truth Social’da Binyamin Netanyahu va Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan “yaxshi muloqot” bo‘lganini va Qozog‘iston uning “ikkinchi muddatida kelishuvlarga qo‘shiladigan ilk davlat” ekanini yozdi. Yaqin kunlarda rasmiy imzolash marosimi kutilmoqda

Qozog‘iston Isroil bilan oldindan mavjud diplomatik munosabatlarga ega bo‘lgani bois, qo‘shilish munosabatlarni institutsional mustahkamlash vositasi sifatida ko‘rilmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, hamkorlik sohalariga mudofaa, kiberxavfsizlik, energiya va oziq-ovqat texnologiyalari kiradi (bu yo‘nalishlarda ikki tomonlama shartnomalar 1990-yillardan bor). 

E’lon Vashingtonda o‘tgan Markaziy Osiyo yetakchilari sammiti oldidan yangradi. Sammit oldidan AQSh davlat kotibi Marko Rubio Qozog‘iston prezidenti To‘qayev bilan nonushta qilib, savdo, investitsiya, energiya va infratuzilmada hamkorlikni muhokama qildi. 

Ibrohim kelishuvlari 2020 yilda BAA va Bahrayn bilan boshlanib, keyin unga Marokash va Sudan qo‘shilgan. Qozog‘istonning qo‘shilishi G‘azodagi urush fonida Isroilning diplomatik yakkalanib qolganini yumshatishga xizmat qiladi, degan baholar bor. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid