Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026 yil 1 iyulga qadar yaylovlarni tiklash loyihasi start oladi
Prezidentning PQ-322-son qaroriga muvofiq, 2026 yil 1 iyulga qadar yaylovlarni tiklash loyihasi amalga oshiriladi: jamoat yaylovlari tashkil etiladi, suv quduqlari qaziladi, dronlar orqali urug‘ sepish yo‘lga qo‘yiladi hamda «O‘zdaverloyiha» va «Raqamli qishloq xo‘jaligi» platformasi orqali doimiy monitoring tizimi ishga tushiriladi.
Hujjatga ko‘ra, tegishli vazirlik va idoralar hamkorligida 2026 yil 1 iyulga qadar yaylovlarni tiklash bo‘yicha loyiha start oladi. Loyiha doirasida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
- jamoat yaylovlarini tashkil etish — uy sharoitida boqiladigan chorva mollari uchun ozuqa imkoniyatlarini kengaytirish;
- to‘liq xatlov o‘tkazish — mavjud yaylov yerlarining holati va inventarizatsiyasini shakllantirish;
- infratuzilmani tiklash — suv quduqlarini qazish, o‘simlik turlarini ko‘paytirish, dronlar orqali urug‘ sepish, yaylovlardan samarali foydalanish choralarini joriy etish;
- boshqaruvni kuchaytirish — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar huzurida yaylov yerlarini boshqarish hamda infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha alohida direksiyalar tashkil etish;
- doimiy monitoring — «O‘zdaverloyiha» huzuridagi Markaz va «Raqamli qishloq xo‘jaligi» platformasidagi yagona axborot tizimi orqali ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish.
Qaror doirasida yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, serhosil cho‘l-yaylov o‘simliklari urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish hamda xorijiy tajribani amaliyotga joriy etish ko‘zda tutilgan. Xususan, Xitoy va Mo‘g‘uliston tajribalaridan foydalanish rejalashtirilgan.
Yangilangan raqamli yondashuv yaylovlardan foydalanishni shaffof va ma’lumotga asoslangan tarzda tashkil etish, ortiqcha yuklanishni cheklash, ozuqa bazasini mustahkamlash va chorvachilik samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, hududiy direksiyalar orqali mas’uliyat va javobgarlik kuchayib, loyiha ijrosi ochiq monitoring orqali nazorat qilinadi.
Mavzuga oid
09:47 / 06.11.2025
Yaylovlarni tiklash uchun 63 mln dollarlik loyiha yo‘lga qo‘yiladi
14:59 / 16.06.2025
O‘zbekistondagi o‘rmon va yaylov yerlarining bir qismi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun beriladi
08:51 / 25.03.2024
Toshkent viloyatidagi yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatish me’yori belgilanadi
14:19 / 20.01.2024