O‘zbekistondagi o‘rmon va yaylov yerlarining bir qismi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun beriladi
O‘zbekistonda o‘rmon va yaylovlardan oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun yerlar ajratiladi. Prezident zaxira bo‘lgan o‘rmon yerlaridan yetarlicha foydalanilmayotganini ko‘rsatib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqatni ko‘paytirishda eng katta zaxira bo‘lgan 16 million gektar yaylov va 12 million gektar o‘rmon yerlaridan yetarlicha foydalanilmayotganini tanqid qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayt etilishicha, meva-sabzavot yetishtirish, saqlash, qayta ishlashga zamonaviy agrotexnologiya olib kirish, eksportni ko‘paytirish uchun 16 ta tumanda «Agrostar» kompaniyasi tashkil etilib, 300 milliard so‘m berilgan. Banklar ham ularga 10 million dollardan resurs ajratishni boshladi.
Lekin bu tumanlarning 5 tasida meva-sabzavot eksporti ko‘payish o‘rniga, o‘tgan yilgidan kamaygan. Barcha masalalar resurs bilan hal qilib berilgan bo‘lsa, «Agrostar» kompaniyalari qachon natija berishni boshlaydi, deya savol qo‘ydi prezident.
Hokimlardan oziq-ovqat va eksportni ko‘paytirish talab qilinmoqda. Lekin tumanlar hududining katta qismini tashkil qiladigan o‘rmon va yaylov yerlari respublika tashkilotlariga berilgan. Tuman hokimining vakolati bo‘lmagani uchun daraxt bilan qoplanmagan o‘rmon hududlarida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtira olmaydi.
Umuman, oziq-ovqatni ko‘paytirishda eng katta zaxira bo‘lgan 16 million gektar yaylov va 12 million gektar o‘rmon yerlaridan yetarlicha foydalanilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
«Shuncha resurs bilan go‘shtga bo‘lgan ichki ehtiyojni to‘liq qoplab, eksportga ham chiqsak bo‘ladi-ku!» – dedi davlat rahbari.
Bosh vazirga bu masalani nazoratga olib, bir oyda o‘rmon va yaylov yerlarining qanchasini aholiga oziq-ovqat, ozuqa uchun bo‘lib berishini hisob-kitob qilish hamda yerlarni auksionga chiqarish topshirildi. Shuningdek, yaylov va o‘rmon yerlarini olayotgan fermer va chorvadorlarning aylanma mablag‘ini ham hal qilib berish vazifasi qo‘yildi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari uchun kiborg-qo‘ng‘iz yaratildi
Fan-texnika | 20:08
-
Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:24
-
Taniqli turk oshpazi Burak O‘zdemir Bektemir Residence’da restoran ochmoqda
O‘zbekiston | 19:00
-
Parijda 100 yillik taqiqdan keyin Senada cho‘milishga ruxsat berildi
Jahon | 18:52
Mavzuga oid

15:09 / 03.06.2025
2030 yilgacha 1,5 million gektarda o‘rmonlar barpo etiladi

00:27 / 01.05.2025
Samarqanddagi o‘rmonda 50 mingdan ortiq buta va daraxtlar yonib ketdi

20:33 / 28.04.2025
BMT O‘zbekiston tashabbusi bo‘lgan rezolyutsiyani qabul qildi

10:41 / 07.04.2025