Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noyabr - “Brakonerlikka qarshi kurashish” oyi: ekologik reydlar kuchaytirildi
Ekologiya vazirligi respublikada noyabr oyini “Brakonerlikka qarshi kurashish” oyi deb e’lon qildi. Oy davomida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, cho‘l va tog‘lik hududlar hamda tabiiy suv havzalarda noqonuniy ov va tabiat resurslaridan foydalanishga qarshi ekologik nazorat reydlari o‘tkazilmoqda.
Foto: Videodan kadr
Tegishli idoralar bilan hamkorlikda tashkil etilgan reydlar jarayonida o‘simlik va hayvonot dunyosidan noqonuniy foydalanish, jumladan noqonuniy baliq ovlash holatlarining oldini olishga alohida e’tibor qaratiladi. Vazirlik har qanday turdagi noqonuniy ov qonunchilikka ko‘ra qat’iy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatadi va fuqarolarni qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
Fuqarolardan brakonerlik holatlariga duch kelganda zudlik bilan xabardor qilish so‘raladi. Tushgan murojaatlar bo‘yicha nazorat tadbirlari tashkil etiladi va qonun doirasida chora ko‘riladi.
Murojaat uchun aloqa: telefon: (71) 207-11-07, (71) 207-11-08, qisqa raqamlar: 1157, 1207. Telegram boti: @ecogovuz_bot
Muhofaza etiladigan hududlar, cho‘l/tog‘li mintaqalar va tabiiy suv havzalarda rejali reydlar davom etadi.
Mavzuga oid
21:27 / 28.03.2026
Toshkentda 108 tup daraxt noqonuniy ko‘chirib o‘tqazilganligi aniqlandi
14:27 / 17.03.2026
Toshkentda avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamaganlar javobgarlikka tortilmoqda
13:08 / 12.03.2026
Yo‘l bezoriligiga qarshi reydlarda yuzlab haydovchilarga chora ko‘rildi
19:24 / 08.03.2026