Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Starlink Markaziy Osiyoda sun’iy yo‘ldosh aloqasini rivojlantirish bo‘yicha Veon bilan kelishuv tuzdi
SpaceX tarkibidagi Starlink telekom guruhi Veon bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri uyali aloqa (direct-to-cell) bo‘yicha hozirgacha eng yirik hamkorlik kelishuvini e’lon qildi. Loyiha Veon tarkibidagi operatorlar faoliyat yuritayotgan Qozog‘iston (Beeline orqali) va Ukraina (Kyivstar orqali) bozorlarini qamrab oladi hamda aloqa yetib borishi qiyin bo‘lgan olis hududlarda smartfonlarni sun’iy yo‘ldosh orqali tarmoqqa ulash imkonini beradi.
Xizmat Ukrainada 2025 yil IV chorakda, so‘ng Qozog‘istonda 2026 yilda ishga tushiriladi, deya xabar tarqatdi Reuters.
Kelishuv Veon’ga boshqa sun’iy yo‘ldosh operatorlari — Amazon’ning Project Kuiper, AST SpaceMobile, Eutelsat OneWeb bilan ham alohida yo‘nalishlarda ishlash imkonini qoldiradi.
Ma’lumot uchun, Veon tarkibidagi operatorlar O‘zbekiston, Pokiston va Bangladeshda ham faoliyat yuritadi. Ayni paytda yangi texnologiyaning ushbu mamlakatlarga joriy etilishi yuzasidan aniq ma’lumot yo‘q.
Sun’iy yo‘ldosh-smartfon aloqasi bozorida 2026 yildan tijoriy ishga tushishni mo‘ljallayotgan raqobatchilar bor, bir qator operatorlar allaqachon mintaqaviy kelishuvlar tuzgan.
Starlink kompaniyasi dunyo bo‘ylab 7 mln+ foydalanuvchiga ega. Orbitada 8 mingdan ortiq yo‘ldosh ishlamoqda, shularning taxminan 650 tasi direct-to-cell xizmatiga ixtisoslashgan.
Mavzuga oid
11:14 / 14.10.2025
SpaceX Starship'ning 11-sinovini muvaffaqiyatli yakunladi
18:26 / 02.10.2025
Ilon Mask $500 mlrd boylikka ega birinchi odamga aylandi – Forbes
07:36 / 26.09.2025
Mask: Insoniyat 2055 yilgacha Marsda joylashishi mumkin
10:03 / 27.08.2025