Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy laboratoriyasi keksayishga qarshi dori ishlab chiqdi
Tadqiqotlarda uzum danagidan olingan prosianidin C1 (PCC1) sichqonlarning umr ko‘rish davomiyligini uzaytirishi aniqlandi.
Foto: Cfoto / Keystone Press Agency / Global Look Press
Xitoyda uzoq umr ko‘rish texnologiyalariga ixtisoslashgan Lonvi Biosciences laboratoriyasi mavjud, deb yozdi The New York Times (NYT).
Lonvi Biosciences - uzoq umr ko‘rish tibbiyoti sohasidagi startap. Laboratoriya Xitoyning janubidagi Shenchjyen shahrida joylashgan. Kompaniya uzum danagi ekstrakti tarkibidagi birikma asosida keksayishga qarshi tabletkalar ishlab chiqdi.
Kompaniya usullari bir guruh shanxaylik olimlar tomonidan e’lon qilingan tadqiqotlarga asoslangan bo‘lib, ular uzum danagidan olingan prosianidin C1 (PCC1) sichqonlarning umr ko‘rish davomiyligini 9,4 foizga oshirishi va davolanish boshlanganidan beri ularning umrini 64,2 foizga uzaytirishini aniqladi.
«150 yoshgacha yashash mumkin. Bir necha yildan keyin bu haqiqatga aylanadi», dedi bosh texnik direktor Lyu Tsinxua.
Uzum danaklari G‘arbda foydali mahsulot sifatida allaqachon ma’lum bo‘lgan, ularning moyi kosmetologiyada terini yoshartirish uchun ham ishlatiladi.
Ilgari Xitoyda uzoq umr ko‘rish biznesi firibgarlikka yaqin deb hisoblangan, deb yozdi NYT. Biroq, davlat va xususiy kompaniyalarning investitsiyalari, shuningdek, Xitoy rahbariyati va jamoatchilik tomonidan unga bo‘lgan qiziqishning ortishi uni tibbiyotning qonuniy va ba’zi hollarda daromadli sohasiga aylantirdi, deya ta’kidlamoqda gazeta.
2024 yilda Xitoyda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 79 yoshga yetdi, bu dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan besh yilga yuqori, deyiladi materialda.
Shu yil 3 sentabr kuni Pekindagi harbiy paraddan oldin Xitoy raisi Si Jinping va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 150 yil yashash yoki umrboqiylik haqidagi suhbati tasodifan jonli efirga tushib qoldi. 72 yoshli Si va Putin tarjimonlar orqali insonning uzoq umr ko‘rishi yoki tana a’zolarini ko‘chirib o‘tkazish orqali umrboqiylikka erishish haqida gaplashgan edi.
Mavzuga oid
20:47 / 05.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi
18:54 / 04.12.2025
Sirdaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqariladi
17:37 / 04.12.2025
Sirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
11:22 / 04.12.2025