Jahon | 20:44 / 09.11.2025
2043
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda faqat ayollarga mo‘ljallangan ilk radiostansiya ish boshladi

Radiostansiya direktori Shabnam Karimiyning so‘zlariga ko‘ra, Nawaye Zan "ayollarning ovozi balandroq chiqishi" uchun tashkil etilgan.

Foto: RIA Novosti / V. Kiselev

Afg‘onistonning Hirot shahrida faqat ayollar uchun mo‘ljallangan va ayollar ishlaydigan ilk radiostansiya ish boshladi, deb xabar berdi Tolo news portali.

"Hirotda faqat ayollar auditoriyasi uchun mo‘ljallangan Nawaye Zan ("Ayol ovozi") radiostansiyasi ish boshladi. Studiyada o‘ndan ortiq ayol jurnalistlar faoliyat yuritmoqda", - deyiladi xabarda.

Radiostansiya direktori Shabnam Karimiyning so‘zlariga ko‘ra, Nawaye Zan "ayollarning ovozi balandroq chiqishi" uchun tashkil etilgan.

Uning ta’kidlashicha, radiostansiya efirlarida xotin-qizlarning muvaffaqiyatlari hamda hayotda duch kelayotgan qiyinchiliklari haqida hikoya qilinadi.

"Ushbu radiostansiya orqali biz ayollarning fikrini amaldorlar va butun dunyoga yetkazishimiz mumkin bo‘ladi", - dedi radiostansiya jurnalistlaridan biri Saadi Niyar Yazdanparast. 

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid