Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiya prezidenti Tramp va Rubioni “uyqudagi yaguarni uyg‘otmaslik”ka chaqirdi
Gustavo Petro AQShning Venesuelaga nisbatan harakatlarini qoralagan va Trampni narkotrafikka qarshi kurash bahonasida mamlakatni egallab olishni xohlayotganlikda ayblamoqda.
Foto: AP Photo
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro AQShning Karib dengizidagi kemalarga hujumini izohlar ekan, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp va davlat kotibi Marko Rubioni "uyqudagi yaguarni uyg‘otmaslik"ka chaqirdi.
Petro Santa-Marta shahridagi chiqishida burgut va kondor o‘rtasidagi jang haqidagi kolumbiyaliklarning afsonasini eslab o‘tdi. Uning aytishicha, afsonaga ko‘ra, bunday jang yaguarni uyg‘otib yuborishi va insoniyat tarixini o‘zgartirib yuborishi mumkin.
"Men Rubio va Trampga shunday degan bo‘lardim: "Ehtiyot bo‘ling, sizlar xaloskorlarning Karib dengizini kesib o‘tmoqdasiz, Bolivar vatanining (Venesuela) ishlariga aralashyapsiz"... Afsonaga ko‘ra, agar burgut kondorga hujum qilsa, lotin amerikasi xalqlarining yaguari uyg‘onadi. Yaguarni uyg‘otib yubormang!" – dedi u.
Petro mavjud vaziyatda AQSh bilan muloqot tengma-teng olib borilishi kerakligini aytdi.
"Kelinglar, gaplashib olamiz, faqat bir-birimizning ko‘zlarimizga qarab, tenglar oldida tiz cho‘kmasdan. Chunki agar burgut hujum qilishga jur’at etsa, u qudratli yaguarni ko‘radi va tarix nafaqat Amerika, balki butun insoniyat uchun o‘zgarib ketadi", - deya qo‘shimcha qildi Kolumbiya prezidenti.
21 oktyabr kuni Gustavo Petro AQShning Venesuelaga nisbatan harakatlarini qoraladi. U Trampni narkotrafikka qarshi kurash bahonasida mamlakatni egallab olishni xohlayotganlikda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh mamlakat nefti ustidan nazorat o‘rnatmoqchi.
AQSh narkosavdoga qarshi kurashish rejasi haqida ma’lum qilgan hamda sentabr va oktyabrda Venesuela sohillari yaqinida bir nechta katerni yo‘q qilgan.
Mavzuga oid
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40