Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya bosh vaziri mudofaa xarajatlarini oshirishga qarshi chiqdi
Pedro Sanches yana AQSh prezidentining mudofaa xarajatlarini YaIMning 5 foizigacha oshirish g‘oyasini tanqid qildi. Uning fikricha, Yevropaning kelajagida militarizatsiyaga emas, balki birdamlik va xalqaro huquqqa amal qilishga tayanish kerak.
Foto: Toby Melville/AFP/Getty Images
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches NATOga a’zo davlatlar mudofaa xarajatlarini YaIMning 5 foiziga yetkazish taklifini keskin rad etdi. Bu talabni AQSh prezidenti Donald Tramp ilgari surgan edi. 9 noyabr kuni El País gazetasida chop etilgan intervyuda hukumat rahbari Yevropa 2035 yilga borib “to‘liq qurollangan” qit’a emas, balki xalqaro huquq kafolatiga aylanishi uchun ish olib borishga chaqirdi.
“Yoshlarga qanday dunyo qoldirishni xohlaymiz? Yevropa mamlakatlari budjetining 5 foizini mudofaaga ajratadigan dunyomi?” — dedi Sanches. “Biz diplomatik sa’y-harakatlarni amalga oshirishimiz kerak: 2035 yilda bizda to‘liq qurollangan Yevropa emas, balki birlashgan va xalqaro huquqni kafolatlaydigan Yevropa bo‘lishi lozim”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Shu bilan birga, bosh vazir o‘zgarayotgan geosiyosiy realiyalarni inobatga olish kerakligini tan oldi. Shu sabab Ispaniya hozir mudofaa va xavfsizlik xarajatlarini baribir oshirishga majbur. “Oppozitsiya 2014 yildagi kelishuv — YaIMning 2 foizi miqdoridagi xarajat majburiyatini men olmaganman, deb tanqid qiladi. Lekin men bu majburiyatni bajardim”, — dedi Pedro Sanches.
Siyosatchining so‘zlaricha, Ispaniya NATO doirasida ishonchli ittifoqchi bo‘lib qolmoqda. Yevropa sharqida, jumladan, Bolgariya, Ruminiya, Litva va Estoniyani himoya qilish maqsadida ispan qurolli kuchlarini joylashtirish “Ispaniya Atlantika ittifoqi nuqtai nazaridan ham, imkoniyatlar nuqtai nazaridan ham ishonchli mamlakat ekanining eng yaxshi isbotidir”, deb ta’kidladi Sanches.
Donald Tramp bilan munosabatlari haqidagi savolga javob berar ekan, bosh vazir “ideologik va siyosiy ixtiloflarga” qaramay, Ispaniya va AQSh “institutsional, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan eng yaxshi munosabatlarga” ega bo‘lishini istashini aytdi.
Mavzuga oid
13:24 / 01.12.2025
Madridda Pedro Sanchesga qarshi o‘n minglab kishi norozilikka chiqdi
13:49 / 27.11.2025
Yevropa kosmik agentligi ilk bor mudofaa sohasi bilan shug‘ullanadi
10:19 / 24.11.2025
O‘zbekiston va Ispaniya zaytunchilikda hamkorlikni kuchaytiradi
15:01 / 21.11.2025