Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: tibbiyotdagi yutuqlarni qishloq va olis hududlar ham his qilyapti
Davlat rahbari sog‘liqni saqlashdagi islohotlar natijalari qishloq va olis hududlarda yashayotgan millionlab fuqarolarga ham yetganini, xalqaro tashkilotlar hamda reyting markazlari bu yuksalishni e’tirof etayotganini ta’kidladi.
Prezident ta’kidladiki, mamlakatda o‘rtacha umr davomiyligi sezilarli oshdi: erkaklar orasida — 71 yoshdan 73 yoshga, xotin-qizlar orasida — 76 yoshdan 77,5 yoshga.
«Albatta, mashaqqatli mehnat mahsuli bo‘lgan bunday ezgu ishlarimizda 600 mingdan ziyod jonkuyar tibbiyot xodimlarining munosib hissasi bor. Ularga qancha minnatdorlik bildirsak, arziydi», — dedi davlat rahbari.
Tantana doirasida prezident mamlakatning yuksak unvon, orden va medallariga sazovor bo‘lgan soha vakillariga mukofotlarni topshirdi. Mukofotlanganlar orasida dunyo nufuzli oliygohlarida ta’lim va tajriba orttirib, yurtimizga qaytib kelgan va yuqori texnologiyali muolajalarni amalga oshirayotgan yosh shifokorlar ham bor.
Shuningdek, davlat rahbari aholi salomatligini saqlashda yaqindan ko‘mak berib kelayotgan xorijiy hamkorlarga alohida hurmat-ehtiromini izhor etdi.
Mavzuga oid
08:30 / 19.06.2026
So‘nggi 64 yilda dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi qanchaga uzaydi?
17:59 / 06.05.2026
Samarqandda xatna fojiasi: sog‘lom bolalarni nosog‘lom tizim o‘ldirdi
07:12 / 06.05.2026
2030 yilgacha 3 mingdan ortiq davlat tibbiyot muassasasi litsenziyalanadi
21:10 / 03.05.2026