Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: «Zamonaviy tibbiyotni farmatsevtikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi»
Sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvda prezident Shavkat Mirziyoyev shifokorlar, hamshiralar va farmatsevtika mutaxassislarini tabriklab, bayramni endilikda «Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni» nomi bilan nishonlash taklifini ilgari surdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari yig‘ilganlarga el-yurt salomatligi yo‘lida fidoiy mehnat qilayotgan barcha soha vakillariga chuqur minnatdorlik izhor etdi. Prezidentning ta’kidlashicha, zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimining barqaror rivoji tibbiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot bilan birga farmatsevtika tarmog‘ining jadal modernizatsiyasiga bevosita bog‘liq.
«Bugun soha taraqqiyotiga xizmat qiladigan ko‘plab yangi tashabbuslarni sizlar bilan muhokama qilamiz. Zamonaviy tibbiyotni farmatsevtikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bundan buyon ushbu bayramni “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni” deb nishonlasak, o‘ylaymanki, sizlar buni qo‘llab-quvvatlaysizlar. Buning barchasi tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga ko‘proq izlanish, ilg‘or davolash va profilaktika usullarini egallashda katta rag‘bat, kuch-g‘ayrat beradi», — dedi prezident.
Uchrashuvda tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar, kadrlar tayyorlash, klinik amaliyot va ilmiy faoliyat integratsiyasi, shuningdek farmatsevtika klasterini rivojlantirish bo‘yicha takliflar muhokama etildi.
Mavzuga oid
15:41
BAA kompaniyalari O‘zbekistonda yangi quyosh, shamol va GES loyihalarini amalga oshiradi
13:20
O‘zbekiston 2035 yilga qadar zararli gazlar emissiyasini 50 foizga qisqartirish majburiyatini oldi
13:20
2030 yilgacha 17 ming MVtdan ortiq «yashil» energiya quvvatlari ishga tushiriladi
13:18