Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Rossiyadan bemorlarni qabul qilish masalasi muhokama etildi
Novosibirsk shahridagi xususiy tibbiyot tashkilotlari va klinikalar vakillaridan iborat biznes-missiya Toshkentda qator tibbiyot muassasalari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, Rossiyadan keladigan bemorlarni O‘zbekistonda davolashni tashkil etish va vakolatxonalar ochish masalalarini muhokama qildi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi (Novosibirsk) va Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida Rossiyaning Novosibirsk shahri xususiy klinikalari va tibbiyot tashkilotlari vakillaridan iborat biznes-missiya Toshkentga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida delegatsiya Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi, O‘zbekiston Tibbiyot turizmi assotsiatsiyasi, Toshkent tibbiyot akademiyasining uchinchi klinikasi, Hamshiralar akademiyasi, shuningdek poytaxtdagi xususiy klinikalarda uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralarda tomonlar O‘zbekistonning xirurgiya, reproduktologiya, ginekologiya, EKO, onkologiya va kardiojarrohlik yo‘nalishlaridagi imkoniyatlari va joriy etilayotgan texnologiyalar bilan tanishdi. Shuningdek, Novosibirsk klinikalari vakolatxonalarini O‘zbekistonda ochish, hamda Novosibirskdan bemorlarni mamlakat tibbiyot muassasalariga yo‘naltirish mexanizmlari muhokama etildi.
Tashrif yakunida delegatsiya 17-Xalqaro UzMedExpo-2025 ko‘rgazmasiga qatnashdi hamda “Chirchiq” texnoparkida bir martalik tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi Rossiya kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026