Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Britaniya yangi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik qiladi
Londondagi Qirollik veterinariya kolleji (Royal Veterinary College, RVC) rahbariyati va O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari uchrashuvida veterinariya sohasida yangi ta’lim yo‘nalishlari, qo‘shma dasturlar va stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.
«Dunyo» AA xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi diplomatlari RVC faoliyati, ta’lim dasturlari, laboratoriyalari hamda amalga oshirilayotgan tadqiqotlar bilan tanishdi.
Tomonlar:
O‘zbekiston va Britaniya OTM o‘rtasida akademik almashinuv, qo‘shma bakalavr/magistr kurslari va stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish;
ilmiy loyihalarni qo‘shma tadqiqotlar asosida amalga oshirish;
amaliyotga yo‘naltirilgan modullar, laboratoriya mashg‘ulotlari va klinik bazaga qo‘shma kirish imkoniyatlarini kengaytirish kabi yo‘nalishlarda kelishuvga keldi.
Ma’lumot uchun: 1791 yilda tashkil etilgan Qirollik veterinariya kolleji 1949 yildan London universiteti tarkibida faoliyat yuritadi. Hozirda u yerda taxminan 2 600 talaba va 500 ga yaqin tadqiqotchi tahsil olmoqda, tarkibida sut va chorvachilikka ixtisoslashgan qoramol va qo‘y fermasi mavjud.
Uchrashuvda O‘zbekistonda veterinariya sohasidagi islohotlar, o‘quv standartlari va amaliy loyihalar tanishtirilib, Britaniya tomoni ularga yuqori qiziqish bildirdi. Kutilishicha, yangi ta’lim yo‘nalishlari va qo‘shma kurslar tajriba almashuvini kuchaytirib, sohada malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
18:06
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
15:13 / 15.06.2026