Jahon | 13:32 / 11.11.2025
2281
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada operatorlar FSB talabi bilan aloqani o‘chirishga majbur bo‘ladi

«Vedomosti» nashrining manbalarga tayanib yozishicha, xavfsizlikka doir paydo bo‘layotgan tahdidlardan fuqarolar va davlatni himoya qilish uchun zarur deb topilgan hollarda, FSB talabi bilan aloqa operatorlari o‘z xizmatlarini to‘xtatishi shart bo‘ladi.

Foto: Andrey Gordeyev / Vedomosti

«Vedomosti» gazetasi va «Interfaks» agentligi manbalarga tayanib xabar berishicha, Rossiya aloqa operatorlari Federal xavfsizlik xizmati (FSB)ning so‘rovi bo‘lganda, «fuqarolar va davlatni xavfsizlikka oid yuzaga kelayotgan tahdidlardan himoya qilish uchun zarur bo‘lsa», aloqa xizmatlarini to‘xtatishi lozim. Xabar 10 noyabr kuni berilgan.

FSB talabi asosida xizmatni to‘xtatish tartibini belgilaydigan va «Aloqa to‘g‘risida»gi federal qonunning 44- hamda 46-moddalariga tegishli o‘zgartishlarni kirituvchi qonun loyihasi RF Raqamli rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. Keyin ushbu hujjatni Dumaga kiritish uchun Hukumat huzuridagi qonun loyihalari faoliyati bo‘yicha komissiya ma’qullagani OAVda qayd etilgan.

Jurnalistlar manbalariga ko‘ra, qonun loyihasi FSBdan belgilangan tartibda (RF prezidenti va hukumatining normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq) so‘rov kelib tushgan hollarda «mobil radiotelefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni tegishlicha bajarmaslik» uchun aloqa operatorlarini javobgarlikdan ozod qiladi. Shuningdek, «aloqa operatorlarining tegishli so‘rov kelganida aloqa xizmatlarini to‘xtatish majburiyatini mustahkamlash» ham taklif etilgan.

«Vedomosti»ning ta’kidlashicha, qonun loyihasi RF Ichki ishlar vazirligi (IIB), FSB, Iqtisodiy rivojlanish vazirligi va Rospotrebnadzor bilan muvofiqlashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid