Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik «kriptoqirolicha» Britaniyada qariyb 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
47 yoshli Tsyan Chjimin moliyaviy firibgarlik orqali taxminan 5,6 milliard dollarni o‘zlashtirib, Britaniyaga qochib ketgan.
Britaniya sudi 47 yoshli Tsyan Chjiminni Xitoyda yirik moliyaviy firibgarlik va o‘n minglab investorlardan o‘g‘irlangan pullarni legallashtirishda ayblab, 11 yil-u 8 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 100 mingdan ortiq kishi, asosan keksa xitoyliklar o‘z jamg‘armalarini mayning va «sog‘lom texnologiyalardan» yuqori daromad va’da qilgan «Lantyan Geruy» kompaniyasiga kiritgan. Aslida, loyiha taxminan 40 milliard yuan (≈ 5,6 milliard dollar) to‘plagan piramida bo‘lib chiqdi.
Tsyan soxta pasport bilan Buyuk Britaniyaga qochib ketgan va Hampstedda oyiga 17 ming funt sterling evaziga koshona uyni ijaraga olgan. 2021 yilda politsiya uning uyida reyd o‘tkazib, kriptovaluta partiyasi tarixidagi eng yiriklaridan biri - hozir taxminan 5 milliard funtga baholanayotgan o‘n minglab bitkoinlarni musodara qildi.
Tsyan Xitoy rasmiylari ta’qibidan qochganini da’vo qildi, biroq sentabr oyida kriptovalutalarga noqonuniy egalik qilish aybini tan oldi. Olib qo‘yilgan mablag‘lar taqdiri 2026 yilda fuqarolik sudi jarayonida hal qilinadi.
Jabrlangan investorlar pulning hech bo‘lmaganda bir qismini qaytarishga umid qilmoqda, biroq huquqshunoslar buni imkonsiz deb hisoblamoqda - ko‘plab pul o‘tkazmalari bevosita Tsyan kompaniyasiga emas, balki vositachilar orqali amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
20:41
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026
Xitoy elektromobillar uchun yangi qattiq xavfsizlik talablarini joriy etmoqda
12:18 / 15.06.2026