Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva madaniyat departamentining sobiq rahbaridan 1 mlrd rubl undiriladi
Bosh prokuratura Moskva madaniyat departamentining sobiq rahbari Aleksandr Kibovskiy, uning qarindoshlari va ishonchli shaxslariga nisbatan da’vo arizasida 1 milliard rubldan ortiq qiymatdagi mulkni undirishni so‘rayapti.
Rossiya Bosh prokuraturasidagi manbaga tayangan holda TASS agentligining 10 noyabr kuni xabar berishicha, Kunsevo tuman sudiga kiritilgan da’vo arizasida Kibovskiy va uning turmush o‘rtog‘ining 2010–2024 yillardagi rasmiy daromadi 211 million rublni tashkil etgani ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, 2014 yildan boshlab u umumiy 226,7 million rubl qiymatida ko‘chmas mulk va ikkita avtomobil sotib olgan, jumladan Moskva va Moskva viloyatidagi yettita kvartira turmush o‘rtog‘i, uning otasi va “ishonchli shaxs” nomiga rasmiylashtirilgan.
Aleksandr Kibovskiy bilan birga 100 million rubl miqdorida pora olish ishida figurant sifatida Andrey Nerodenkov ham tilga olinadi, TASS uni Kibovskiyning “ishonchli shaxsi” deb atagan. Bosh prokuratura ma’lumoticha, Kibovskiy bilan tanish bo‘lganidan so‘ng Nerodenkov va uning oila a’zolari nomiga “zarur legal daromad mavjud bo‘lmagan holda” 1 mlrd rubldan ortiq qiymatdagi mulk rasmiylashtirilgan.
17 iyul kuni Rossiya Terguv qo‘mitasi (TQ) matbuot xizmati Aleksandr Kibovskiy qo‘lga olinganini ma’lum qilgan. TQning rasmiy vakili Svetlana Petrenko aniqlashtirishicha, unga Rossiya JK 290-moddasi 6-qismi bo‘yicha pora olishning sakkiz epizodi va JK 30-moddasi 3-qismi, 159-moddasi 4-qismi bo‘yicha firibgarlikning bir epizodi ayblovi qo‘yilgan.
“Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Kibovskiy pora evaziga tijorat tashkilotlariga davlat shartnomalarini tuzishda ko‘maklashgan. Bunda u boshqa jinoyatchilar bilan uyushgan guruh tarkibida ish yuritgan. Dastlabki hisoblarga ko‘ra, olingan poralar umumiy summasi 100 mln rubldan ortiq”, — deyilgan press-relizda.
Shu kuni Moskva shahri Zamoskvoretskiy tuman sudi sobiq amaldorni tergov hibsxonasiga joylashtirish to‘g‘risida qaror chiqargan.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026