Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev AQSh Yuta shtati biznes delegatsiyasini qabul qildi
O‘zbekiston – AQSh strategik sheriklik munosabatlarining sur’ati ortib borayotgan sharoitda Yuta shtati bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Yuta shtatining Iso Masih Oxirgi zamon avliyolari cherkovi oqsoqoli Devid Bednar va “Stirling” xalqaro xayriya fondi raisi Mayls Xansendan iborat biznes delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekistondagi AQSh elchisi Jonatan Henik ham ishtirok etdi.
O‘zbekiston – AQSh strategik sheriklik munosabatlarining sur’ati ortib borayotgan sharoitda Yuta shtati bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Yuta shtati o‘rtasidagi faol muloqot va almashinuvlar mamnuniyat bilan qayd etildi. Raqamlashtirish, ta’lim va ijtimoiy himoya sohalarida qo‘shma loyihalar boshlangan.

Innovatsiyalar, tog‘-kon sanoati, xotin-qizlar tadbirkorligi, inklyuziv ta’lim, sog‘liqni saqlash, suv ta’minoti va sanitariya sohalarida loyihalarni amalga oshirish uchun katta salohiyat borligi ta’kidlandi.
Yakunda hududlararo aloqalarni rivojlantirish maqsadida Yuta shtati gubernatori boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
20:47
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi
15:41
BAA kompaniyalari O‘zbekistonda yangi quyosh, shamol va GES loyihalarini amalga oshiradi
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
13:20