O‘zbekiston | 16:00 / 13.11.2025
2246
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Infobip O‘zbekistondagi biznes uchun yangi trendni taqdim etmoqda

Zamonaviy dunyoda mijozlar brendlardan tobora tezroq va aniqroq javob olishni istaydi, ya’ni ular endi uzoq kutish yoki murakkab aloqa jarayonlarini afzal ko‘rmaydi. So‘zlashuv tijorati - bu savdo va mijozlarga xizmat ko‘rsatishda yangi yondashuv bo‘lib, u kompaniyalarga ommaviy messenjerlar va chat-ilovalar orqali mijozlar bilan bevosita muloqot qilish imkonini beradi. Bunday aloqa shakli xaridor uchun xarid jarayonini ancha soddalashtiradi, shu bilan birga biznesga mijozlar bilan yanada ishonchli va shaxsiy munosabatlar qurishga yordam beradi.

Foto: Infobip

O‘zbekistonda ham so‘zlashuv tijoratiga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda, bunga nafaqat brendlar, balki foydalanuvchilar ham faol qiziqish bildirmoqda. Ko‘plab kompaniyalar Telegram kabi messenjerlardan hamda sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan chat-botlardan foydalanmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda zamonaviy brend bo‘lish — bu mijoz bilan unga qulay joyda va qulay shaklda bevosita muloqot qilishni anglatadi.

Infobip platformasi bizneslarga so‘zlashuv tijoratini samarali yo‘lga qo‘yish uchun keng imkoniyatlar yaratadi: SMS, ijtimoiy tarmoqlar, chat-botlar yoki sun’iy intellektli ovozli yordamchilar orqali. Ushbu vositalar yordamida kompaniyalar mijozni mahsulot bilan tanishish bosqichidan boshlab, xariddan keyingi xizmatgacha qulay tarzda kuzatib borishi mumkin.

Infobip yangi mahsulotlar lineykasi – Comfort’ni ishga tushirish maqsadida Unilever uchun WhatsAppʼda chat-bot yaratdi. Kampaniyada eng asosiy e’tibor mijozlar bilan bevosita muloqotga qaratildi: ommaviy reklama foydalanuvchilarni “Men sizning sevimli kiyimingizni qaytaraman!” degan xabar bilan botga yo‘naltirdi. Chat-bot kiyimlarni parvarish qilish bo‘yicha maslahatlar, interaktiv kontent va shaxsiy takliflarni taqdim etdi. Shaxsiy aloqalar va yuqori jalb qilish natijasida rejalashtirilgan KPIʼlar ancha oshdi: dastlabki 12 soat ichida bot 6500 dan ortiq foydalanuvchini jalb qildi, aksiyaning umumiy davrida esa savdo hajmi 14 barobar oshdi. Unilever chat-botdan foydalanuvchilarga bevosita marketing muloqotlari va qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish uchun foydalanmoqda.

Infobip tadqiqotlariga ko‘ra, so‘zlashuv tijoratda personalizatsiya muhim ahamiyatga ega. Ko‘pchilik xaridorlar biznesdan dolzarb va shaxsiylashtirilgan ma’lumot olishni kutadi va buning aksi yuz bersa, brendni almashtirishga tayyor. Mijoz tajribasi shuni ko‘rsatadiki, shaxsiy yondashuv mijozni ushlab turish xarajatlarini kamaytiradi, daromadni oshiradi va marketing investitsiyalaridan olinadigan natijani yaxshilaydi. Shu sababli messenjerlar orqali bo‘ladigan muloqotlar ham har bir foydalanuvchining qiziqishlari va ehtiyojlariga maksimal darajada mos bo‘lishi lozim.

Turli yosh guruhlariga mos kommunikatsiya yaratish zarurati bilan Podravka, Yevropaning oziq-ovqat sanoati yetakchisi, duch keldi. Kompaniya noyob mijoz tajribasini yaratish, sodiqlikni oshirish va yoshroq — Z avlodi auditoriyasini jalb qilish yechimini izladi. Infobip bilan hamkorlikda sayt va mobil ilova uchun sun’iy intellekt asosidagi chat-bot ishlab chiqildi. Bot foydalanuvchilar bilan sun’iy intellekt shefi va nutritsiolog sifatida muloqot qiladi, ularga individual ovqatlanish tavsiyalarini beradi. Interaktiv mexanika mos auditoriyani jalb qildi, ularni faol ishtirok etishga undadi va savdo hajmining o‘sishiga hissa qo‘shishda davom etmoqda.

Shunday qilib, so‘zlashuv tijorati biznes uchun aniq foyda keltiradi. Birinchidan, u mijozlarga qulay kommunikatsiya kanallari orqali tezkor javob olish imkonini beradi. Ikkinchidan, sun’iy intellekt va tahlillar yordamida takliflarni aniq mijozga moslashtirish mumkin, bu esa xarid qilish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi. Shuningdek, sun’iy intellektli chat-botlarni joriy etish xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kamaytiradi, koll-markazlar yukini yengillashtiradi, so‘rovlarni tezroq qayta ishlashni ta’minlaydi va 24/7 aloqa imkonini beradi.

Foydalanuvchilarni ushlab turishga alohida e’tibor qaratiladi — masalan, tashlab ketilgan savatni eslash kabi maxsus ssenariylar orqali. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, onlayn xaridorlarning 70 foizdan ortig‘i buyurtmalarni yakunlamaydi. Infobip mijozlariga suhbat vositalari yordamida foydalanuvchi ssenariylarini sozlashda yordam beradi: mijozga unutib qo‘yilgan mahsulotlar haqida o‘z vaqtida eslash, chegirma taklif qilish yoki mashhur mahsulotlar savdoga tushganini bildirish mumkin. Joriy auditoriya bilan faol muloqot har bir mijozning daromadliligini (LTV) sezilarli oshirishga yordam beradi.

So‘zlashuv tijorat mijozlar sodiqligini mustahkamlashga ham xizmat qiladi, chunki o‘z vaqtida aloqa qilish orqali ular bilan bog‘lanish mumkin. Bayramlar bilan shaxsiy tabriklar, buyurtma yoki to‘lov holati haqida eslamalar mijozlarda g‘amxo‘rlik va e’tibor tuyg‘usini shakllantiradi, bu esa takroriy xaridlarni rag‘batlantiradi va brend bilan uzoq muddatli munosabatlarni mustahkamlaydi. Chat-botlarning imkoniyatlari mijozlarga kun-u tun va ko‘p qirrali xizmat ko‘rsatish imkonini beradi: tez-tez so‘raladigan savollarga javob berish, xizmatlarni bron qilish, muhim hujjatlarni yuborish — bularning barchasi qulaylik va mijoz qoniqishini oshiradi.

So‘zlashuv tijoratni muvaffaqiyatli joriy etish uchun biznes auditoriyaning afzalliklari va xulq-atvorini hisobga olgan strategiyani puxta ishlab chiqishi, shuningdek, barcha kanallarda uzluksiz va sifatli muloqotni ta’minlay oladigan ishonchli texnologik hamkorga ega bo‘lishi zarur. Eng mashhur messenjerlar va ijtimoiy platformalarni aniqlash, zamonaviy sun’iy intellekt va tahlil texnologiyalaridan foydalanish — bularning barchasi xaridor yo‘lida har bir bosqichda samarali dialoglarni qurishga yordam beradi. Shuningdek, kommunikatsiya kanallarini kompaniyaning marketing va savdo tizimlari bilan integratsiyalash eng dolzarb va shaxsiylashtirilgan tajribani yaratishda muhim ahamiyatga ega.

So‘zlashuv tijorat — bu shunchaki zamonaviy trend emas, balki sifatli o‘sishga va mijozlar bilan samarali raqamli muloqotga intilayotgan biznes uchun zarur yo‘nalishdir. O‘zbekiston kompaniyalari uchun bu xizmat sifatini oshirish, savdoni ko‘paytirish va tezkor raqamli rivojlanish sharoitida mijozlar sodiqligini mustahkamlash imkonini beradi. Infobip esa har qanday kanal orqali 24/7 mijozlar bilan bevosita muloqotni qurish bo‘yicha ishonchli texnologik hamkor sifatida xizmat qilib kelmoqda.

Reklama huquqi asosida

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid