Ko‘chmas mulk | 09:48 / 14.11.2025
1054
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda riyeltorlik tashkilotlari uchun maxsus standartlar belgilandi

Ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish bo‘yicha barcha xizmatlar malaka sertifikatiga ega xodimlari mavjud riyeltorlik tashkiloti tomonidan qonunchilik hamda tegishli xulq-atvori kodeksiga muvofiq taqdim etilishi belgilandi.

Adliya vazirligi riyeltorlik tashkilotlari tomonidan ko‘chmas mulk obektlarini ishonchli boshqarish faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi buyruqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Qayd etilishicha, riyeltorlik tashkilotlari ko‘chmas mulk obektlarini mulkdorlar manfaatlarini hisobga olgan holda boshqarish, ijaraga berish, ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish, daromad va xarajatlarni taqsimlash kabi xizmatlarni professional asosda amalga oshirishi lozim.

Standartlarga asosan:

  • ko‘chmas mulk obektlarini ishonchli boshqarishning tashkiliy jihatlari;
  • ishonchli boshqaruvchi va mulkdor o‘rtasidagi huquq — majburiyatlar;
  • ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bo‘yicha talablar;
  • boshqaruvning shaffofligi va samaradorligini ta’minlash mezonlari belgilandi.

Ta’kidlanishicha, ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish bo‘yicha barcha xizmatlar malaka sertifikatiga ega xodimlari mavjud riyeltorlik tashkiloti tomonidan qonunchilik hamda tegishli xulq-atvori kodeksiga muvofiq taqdim etiladi.

Mavzuga oid