Adliya vazirligi Köçmas mulkni ommaviy baholaş uslubiyotini davlat röyxatidan ötkazdi. Tegişli hujjat 2026 yil 25 iyun kuni 3858-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan.
Hujjatga muvofiq, köçmas mulk obektlari köp kvartirali uylardagi turar joylar, yakka tartibdagi turar joylar hamda noturar obektlar guruhlariga ajratiladi.
Qiymatni aniqlaşda köçmas mulk bozoriga oid ma’lumotlar, amalga oşirilgan bitimlar, e’lonlardagi narxlar va qiymatga ta’sir etuvçi boşqa omillar inobatga olinadi.
Şuningdek, hududlar bozor narxlaridan kelib çiqqan holda narx zonalariga ajratiladi va namunaviy (etalon) obektlar asosida baholaş işlari amalga oşiriladi.
Yangi uslubiyotga köra, obektlarning qiymati qiyosiy, xarajat yoki daromad yondaşuvlari asosida hisoblanadi. Bunda binolarning qurilgan yili, quriliş materiali, maydoni, qavati, joylaşuvi va ta’mirlanganlik darajasi kabi körsatkiçlar ham hisobga olinadi.
Ommaviy baholaş natijalari Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti va axborot tizimlarida e’lon qilinadi. Mulkdorlar kadastr raqami orqali öz obektlarining baholangan qiymati bilan tanişiş imkoniga ega böladi.
Bundan taşqari, baholaş natijalari 90 kun davomida jamoatçilik muhokamasiga qöyiladi. Bu muddat içida mulkdorlar öz taklif va e’tirozlarini bildirişi mumkin. Agar baholaş natijasidan norozi bölsa, ular vakolatli organ yoki sudga murojaat qiliş huquqiga ega.
Yangi uslubiyot köçmas mulk obektlarining qiymatini bozor tamoyillari asosida xolis, şaffof va yagona mezonlar böyiça aniqlaşga xizmat qilişi kutilmoqda.

















