Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi
Qosim-Jo‘mart To‘qayev yangi qurilgan “Toshkent Humo” (qurilish vaqtidagi nomi “Toshkent-Sharqiy”) aeroportiga qo‘ngan birinchi xorijiy davlat rahbari bo‘ldi. Uni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 14 noyabr kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Oliy martabali mehmonni aeroportda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
To‘qayev – yangi qurilgan “Toshkent Humo” (qurilish vaqtidagi nomi “Toshkent-Sharqiy”) aeroportiga qo‘ngan birinchi xorijiy davlat rahbari bo‘ldi.
Prezidentlar yangi xalqaro aeroport binosida O‘zbekiston – Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, ertaga, 15 noyabr kuni oliy darajadagi muzokaralar hamda Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Sammit doirasida yirik qo‘shma loyihalar ishga tushirilishi va ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, 15-16 noyabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi ham bo‘lib o‘tadi.





Mavzuga oid
13:31 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:56 / 12.06.2026