O‘zbekiston | 22:17 / 15.11.2025
4311
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘zaro chegaralarning tutashuv nuqtasi bo‘yicha yakuniy hujjatni imzoladi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston tashqi ishlar vazirlari uch mamlakat o‘rtasidagi davlat chegaralari tutashgan nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomaning ratifikatsiya yorliqlari bilan almashish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladi.

Foto: Telegram / bakhtiyor_saidov

"Bugungi kun Markaziy Osiyodagi qo‘shnichilik munosabatlari tarixida haqiqatan ham muhim va ijobiy bosqich bo‘ldi. Qirg‘iziston va Tojikistonlik hamkasblarimiz bilan birgalikda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi davlat chegaralari tutashgan nuqtasi to‘g‘risidagi Shartnomaning ratifikatsiya yorliqlari bilan almashish to‘g‘risidagi Bayonnomani imzoladik” , - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Telegram-kanalida.

Qayd etilishicha, bu muhim qadam konstruktiv muloqot, o‘zaro ishonch hamda hukumatlarimizning mintaqada tinchlik, barqarorlik va birdamlikni mustahkamlashga bo‘lgan umumiy intilishi natijasi hisoblanadi.

“Ratifikatsiya jarayonining yakunlanishi nozik masalalarni diplomatiya, o‘zaro hurmat va uzoqni ko‘ra bilish orqali hal etishdagi umumiy salohiyatimizni namoyon etadi", deya ta’kidladi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri.

Mavzuga oid