Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mask o‘zining odamsimon Optimus roboti qashshoqlikni yo‘q qilishini aytdi
Uning yangi versiyasi 2026 yil 1 choragida taqdim etilishi kutilmoqda.
Ilon Mask Tesla kompaniyasining odamsimon Optimus roboti qashshoqlikni yo‘q qilish va har bir kishini tibbiy yordam bilan ta’minlash imkonini berishini aytdi.
«Optimus qashshoqlikni bartaraf etadi va barcha uchun umumiy yuqori daromadni ta’minlaydi», deb yozdi Mask o‘ziga tegishli X ijtimoiy tarmog‘ida.
Optimus - Maskka tegishli Tesla kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan odamsimon robot. Uning birinchi prototipi 2022 yil oktabr oyida taqdim etilgan. Robotning Optimus Gen 2 deb nomlanuvchi keyingi versiyasi 2023 yil dekabr oyida namoyish etilgan. Mask yangi versiyani 2026 yil 1 choragida taqdim etishga va’da berdi.
Tesla bu ommaviy va arzon odamsimon robot bo‘lib, kundalik ishlarda odam o‘rnini bosishini va’da qilmoqda. Mask hatto uzoq muddatli istiqbolda bunday robotlar «smartfondan ham arzonroq» bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Mavzuga oid
07:35 / 23.03.2026
Xitoyda robot tennis o‘ynashni o‘rgandi: u 96 foiz aniqlik bilan zarbalarni qaytarmoqda
07:34 / 21.03.2026
Reyting: 2025 yilda eng ko‘p humanoid robot yetkazib bergan kompaniyalar
21:10 / 20.03.2026
Xitoyda odamsimon robotlarni ishga o‘rgatish markazlari ochilmoqda
21:42 / 14.03.2026