Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar qarishni tezlashtiruvchi kutilmagan omilni aniqlashdi
Tadqiqot muallifi professor Jozef Allenning so‘zlariga ko‘ra, ota bilan ziddiyat o‘smirlarda stressni kuchaytiradi hamda yurak-qon tomir va immun tizimlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Foto: Jon DiJulio
Virginiya universiteti olimlari otasi bilan tez-tez ziddiyatga borgan va tengdoshlari bilan ko‘p nizolashgan o‘smirlarda biologik qarish tezlashishi mumkin, degan xulosaga kelishdi.
O‘n yetti yil davom etgan va 123 nafar o‘smirda olib borilgan tadqiqotda ma’lum bo‘lishicha, 13-20 yoshida otasi bilan keskin munosabatda bo‘lgan va do‘stlariga nisbatan agressiv kayfiyatda bo‘lgan o‘smirlarda 30 yoshga borib biologik qarish jarayoni ko‘proq yuz berishi aniqlangan.
Organizm holatini baholash uchun olimlar xolesterin darajasi, qon bosimi, qondagi qand miqdori, oqsillar o‘z ichiga olgan ko‘rsatkichlardan foydalanishgan. Tekshiruvlarda aynan ziddiyatlar, ayniqsa, otalar bilan kelishmovchiliklar qarishni tezlashtirishi ma’lum bo‘lgan.
Tadqiqot muallifi professor Jozef Allenning so‘zlariga ko‘ra, ota bilan ziddiyat o‘smirlarda stressni oshiradi hamda yurak-qontomir va immun tizimlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Olimlar o‘smirlik davridagi ziddiyatli munosabatlar nafaqat ruhiy muammo, balki uzoq umr ko‘rishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil ekanligini ta’kidlashmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, oila va atrofda do‘stona muhitning yaratilishi erta qarishning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Mavzuga oid
18:30 / 30.11.2025
Orol dengizining qurigan tubida ilmiy-tadqiqot stansiyasi ish boshladi
02:39 / 21.11.2025
Olimlar qarishni sekinlashtiradigan immun hujayralarni aniqlashdi
07:16 / 20.11.2025
Inson faoliyati tufayli Yerning aylanish o‘qi 80 smga siljigani aniqlandi
07:50 / 27.10.2025