Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Kiyev bo‘ylab navbatdagi yopirilma zarbasi – fotosuratlar
Bu urush boshidan buyon yo‘llangan eng kuchli zarbalardan biri bo‘ldi. Shaharning barcha rayonlarida vayrongarchiliklar qayd etilgan. Olti kishi halok bo‘lgan.
Kiyev uzra dron urib tushirilishi. Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya qo‘shini 14 noyabrga o‘tar kechasi Kiyevga «Kinjal», «Tsirkon», «Kalibr», «Iskander-M» raketalari, zarbdor dronlar hamda imitator dronlardan foydalangan holda hujum uyushtirgan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy RF qo‘shini zarba uchun 430 ga yaqin dron va 18 raketani, jumladan, ballistik raketalarni ishga solganini ma’lum qilgan.
Shaharning barcha rayonlarida vayrongarchiliklar qayd etilgan. Desnyansk, Obolon, Solomensk, Dniprovsk, Svyatoshinsk va Podolsk rayonlarida turar joy binolari shikastlangan. Shaharning Darnitskiy rayonida maktab hududida yong‘in sodir bo‘lgan, Goloseyev rayonida dron parchalari shifoxona hududiga qulab tushgan. Shevchenkovo rayonida ochiq maydonda yong‘in sodir bo‘lgan.
Oleksii Filippov / AFP / Scanpix / LETA
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
36 kishi jarohatlandi, olti kishi halok bo‘ldi, deya xabar bergan Kiyev shahri meri Vitaliy Klichko.
Serhii Nuzhnenko / Radio Free Europe / Radio Liberty / Reuters / Scanpix / LETA
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images
Rossiya hujumi tufayli Kiyevda issiqlik tarmoqlarining bir qismi shikastlangan. Desnyansk rayonida issiqlik magistralidagi favqulodda vaziyat tufayli binolarning bir qismida issiqlik ta’minoti vaqtincha uzilgan, deb yozdi Vitaliy Klichko o‘z telegram-kanalida. Uning aytishicha, Podolsk rayonida ham issiqlik ta’minotida uzilishlar bor.
Volodimir Zelenskiy Rossiya zarbasi «odamlar va fuqarolik infratuzilmasiga imkon qadar ko‘proq zarar yetkazish» uchun rejalashtirilganini ta’kidlagan.
«Ukraina bu zarbalarga uzoq masofali kuch bilan javob qaytarishi, dunyo esa ularni sanksiyalar bilan to‘xtatishi kerak», – dedi Ukraina prezidenti. «Rossiya hali ham neft sotish va o‘z sxemalarini qurish imkoniga ega. Bularning barchasini to‘xtatish kerak», – deya qo‘shimcha qilgan u.
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Yan Dobronosov / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina prezidenti Kiyevga hujum qilgan «Iskander» raketalaridan birining parchalari Ozarboyjon elchixonasi binosiga zarar yetkazganini aytgan. Rossiyaning Ozarboyjondagi elchisi Mixail Yevdokimov Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi va unga nota topshirildi, deb xabar berdi Ozarboyjondagi Minval nashri. Keyinroq Zelenskiy telegram-kanalida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan suhbatlashgani haqida yozdi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Aliyev «bu zarbani qoralagan va bu rossiyaliklar ham elchixona binosini, ham Ozarboyjon bilan bog‘liq boshqa obektlarni nishonga olishi bilan bog‘liq birinchi holat emasligi ta’kidlagan».
Mavzuga oid
09:21
OAV: London Ukrainaga RFning 9 mlrd yevrolik aktivlarini topshirishga tayyor
23:21 / 04.12.2025
Ukraina aholisi 42 milliondan 36 milliongacha kamaydi – OAV
23:00 / 04.12.2025
Amerika delegatsiyasi Zelenskiy bilan uchrashuvni bekor qilgan - OAV
21:45 / 04.12.2025