Rossiya qo‘shini 14 noyabrga o‘tar kechasi Kiyevga «Kinjal», «Tsirkon», «Kalibr», «Iskander-M» raketalari, zarbdor dronlar hamda imitator dronlardan foydalangan holda hujum uyushtirgan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy RF qo‘shini zarba uchun 430 ga yaqin dron va 18 raketani, jumladan, ballistik raketalarni ishga solganini ma’lum qilgan.

Shaharning barcha rayonlarida vayrongarchiliklar qayd etilgan. Desnyansk, Obolon, Solomensk, Dniprovsk, Svyatoshinsk va Podolsk rayonlarida turar joy binolari shikastlangan. Shaharning Darnitskiy rayonida maktab hududida yong‘in sodir bo‘lgan, Goloseyev rayonida dron parchalari shifoxona hududiga qulab tushgan. Shevchenkovo rayonida ochiq maydonda yong‘in sodir bo‘lgan.

Kiyevda Rossiya zarbasidan shikastlangan ko‘p qavatli uylardan biri
Oleksii Filippov / AFP / Scanpix / LETA
Rossiya zarbasi oqibatida zarar ko‘rgan uylardan birini ko‘zdan kechirayotgan tergovchi
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA

36 kishi jarohatlandi, olti kishi halok bo‘ldi, deya xabar bergan Kiyev shahri meri Vitaliy Klichko.

Yaralangan kiyevlikni evakuatsiya qilayotgan qutqaruvchilar
Serhii Nuzhnenko / Radio Free Europe / Radio Liberty / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevda yashovchi ayol Rossiya zarbasidan zarar ko‘rgan turar joy binolaridan birining hovlisida
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images

Rossiya hujumi tufayli Kiyevda issiqlik tarmoqlarining bir qismi shikastlangan. Desnyansk rayonida issiqlik magistralidagi favqulodda vaziyat tufayli binolarning bir qismida issiqlik ta’minoti vaqtincha uzilgan, deb yozdi Vitaliy Klichko o‘z telegram-kanalida. Uning aytishicha, Podolsk rayonida ham issiqlik ta’minotida uzilishlar bor.

Volodimir Zelenskiy Rossiya zarbasi «odamlar va fuqarolik infratuzilmasiga imkon qadar ko‘proq zarar yetkazish» uchun rejalashtirilganini ta’kidlagan.