Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston o‘smirlari Italiyaga yutqazib, jahon chempionatini tark etdi
O‘zbekiston U17 terma jamoasi Qatarda o‘tkazilayotgan jahon chempionati 1/8 finalida Yevropa vakili to‘sig‘idan o‘tolmadi.
Foto: UFA
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Qatarda o‘tayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining 1/8 finalida Italiyaga 2:3 hisobida yutqazdi.
Birinchi taym Italiyaning tashabbusi ostida o‘tdi. 19-daqiqada Tomas Kampaniyello darvozabon Ibrohim Shokirov qaytargan to‘pga birinchi bo‘lib yetib keldi va darvozani ishg‘ol qildi.
Ikkinchi taymda teng kurashlar kuzatildi. 56-daqiqada Amirxon Murodov burchak zarbasidan keyin hisobni tenglashtirdi.
O‘yin taqdirini qisqa fursatdagi xatolar hal qildi. 68- va 70-daqiqada Kampaniyello va Idrissa himoyachilar xatosidan foydalanib, o‘z jamoasiga g‘alaba keltiruvchi gollarni urdi.
So‘nggi daqiqalarda Azizbek Erimbetov hisobni qisqartira oldi xolos.
Shu tariqa bosh murabbiy Islom Ismoilov shogirdlarining jahon chempionatidagi ishtiroki yakunlandi.
U17 jahon chempionati, 1/8 final
18 noyabr, Doha (Qatar), Aspire akademiyasi
Italiya U17 – O‘zbekiston U17 3:2
Gollar: Tomas Kampaniyello (19, 68), Dauda Iddrisa (70) – Amirxon Murodov (56), Azizbek Erimbetov (90+3)
Hakamlar: Ivo Mendes, Saavedra Edvar, Antello Jyezus (barchasi – Boliviya)
Italiya: Alessandro Longoni, Dauda Iddrisa, Vinchenso Prisko (Alessio Baralla 72), Luka Rejani, Tomas Kampaniyello, Samuele Inasio, Destini Elimogale (Simone Lontani 59), David Marini (Jan Mambuku 59), Kristiano De Paoli, Valerio Makkaroni (Andrea Luongo 59), Federiko Steffanoni
O‘zbekiston: Ibrohim Shokirov, Mo‘minxon Baxodirxonov, Amirxon Murodov, Sadriddin Hasanov, Nurbek Sarsenbayev (Asilbek Aliyev 66), Sayfiddin Sodiqov (Jamshidbek Rustamov 74), Abdulmalik Anvarov (Behruz Saidmurodov 74), Muhammadali Musaxonov, Azizbek Abdumo‘minov (Muhammad Habibullayev 46), Abubakir Shukurullayev, Azizbek Erimbetov
Ogohlantirishlar: Abubakir Shukurullayev (25), Azizbek Abdumo‘minov (40)
Chetlatish: Asilbek Aliyev (89)
Mavzuga oid
15:05 / 28.11.2025
Italiya Nord Stream ishi bo‘yicha gumonlanuvchini Germaniyaga topshirdi
23:03 / 27.11.2025
Portugaliya o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi
22:08 / 20.11.2025
So‘nggi yo‘llanmalar uchun kurash: Italiya va Turkiya raqiblarini bilib oldi
11:39 / 20.11.2025