Ta’lim | 12:24 / 19.11.2025
2144
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona va Toshkent shahri xususiy maktablar soni bo‘yicha peshqadam

2024-2025 o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 10 943 tani tashkil etdi. Shundan 455 tasi nodavlat umumta’lim tashkilotlari bo‘lib, ularning eng ko‘p qismi Farg‘ona viloyati va Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Foto: Milliy statistika qo‘mitasi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-2025 o‘quv yili boshiga kelib, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 10 943 tani tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2020-2021 o‘quv yili boshiga nisbatan 762 taga oshgani qayd etilmoqda.

Shulardan 455 tasi nodavlat umumta’lim tashkilotlari bo‘lib, 2020-2021 o‘quv yiliga nisbatan ularning soni 4,5 barobarga ko‘paygan.

Hududlar kesimida nodavlat umumta’lim tashkilotlari quyidagicha taqsimlangan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 7 ta;
  • Andijon viloyati — 32 ta;
  • Buxoro viloyati — 27 ta;
  • Jizzax viloyati — 8 ta;
  • Qashqadaryo viloyati — 21 ta;
  • Navoiy viloyati — 4 ta;
  • Namangan viloyati — 28 ta;
  • Samarqand viloyati — 38 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 4 ta;
  • Sirdaryo viloyati — 12 ta;
  • Toshkent viloyati — 25 ta;
  • Farg‘ona viloyati — 93 ta;
  • Xorazm viloyati — 25 ta;
  • Toshkent shahri — 131 ta.

Shu tariqa, nodavlat maktablar soni bo‘yicha Toshkent shahri va Farg‘ona viloyati peshqadam hisoblanadi. Mutasaddilarga ko‘ra, xususiy ta’lim muassasalari tarmog‘ining kengayishi ta’lim xizmatlari sifati va raqobatni oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid