Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon tarixidagi eng yirik imperiyalar yagona vaqt xaritasida
Dunyoning barcha eng yirik imperiyalarini bitta vaqt shkalasida ko‘rsatish. Aynan shunday vazifani o‘z oldiga qo‘ygan World GeoHistogram - AQShdagi Michigan universiteti qoshida ishlab chiqilgan o‘quv loyihasi.
Foto: Getty Images
World GeoHistogram geografiya va tarixni yagona vizual tizimga birlashtiradi, unda imperiyalarning yuksalishi va qulashi namoyon etilgan.
Diagramma dunyoning yirik geografik mintaqalariga mos keladigan vertikal ustunlardan iborat (Amerika, Yevropa, Afrika, Yaqin Sharq, Markaziy va Janubiy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Okeaniya). Vertikal o‘q — bu vaqt, u shunday ko‘rinishda berilganki, zamonaviylikka yaqin davrlarga ko‘proq joy va vizual "og‘irlik" ajratilgan.
Ushbu vaqt xaritasiga tarixdagi eng yirik imperiyalar joylashtirilgan. U yerda har bir imperiyaning ko‘lamini va taxminiy hududini ko‘rish, shuningdek ular o‘rtasida tarixni yaxshiroq tushunishga yordam beradigan parallellar o‘tkazish mumkin.
Bu shkaladan chiqarib olish mumkin bo‘lgan syujyetlar soni deyarli cheksiz — chunki u insoniyat tarixi to‘la-to‘kis qamrab olingan holda tuzilgan.

Biroq World GeoHistogram — foydali soddalashtirish bo‘lsa-da, uning tuzilishi majburiy ravishda "yirik imperiya" modeliga to‘g‘ri kelmaydigan ko‘plab jamiyatlarni chetda qoldiradi. Markazlashgan davlatga, yozuvga yoki hududlar ustidan katta nazoratga ega bo‘lmagan sivilizatsiyalar — Amerika, tropik Afrika, Okeaniya va Arktikaning ko‘plab mahalliy madaniyatlari — unda deyarli aks etmagan. Shuningdek, nufuzli ko‘chmanchi birlashmalar va mintaqaviy shahar-davlatlarga ham deyarli e’tibor berilmagan.