Rossiya liberal-demokratik partiyasi (LDPR) fraksiyasi Rossiya dumasining quyi palatasiga "Rossiya Federal kengaşi davlat dumasining "Rossiyaning davlat ramzlari töğrisida"gi bayonoti haqida"gi qaror loyihasini körib çiqiş uçun kiritdi.   

TASS axborot agentligiga fraksiya boşliği örinbosari Yaroslav Nilovning izoh berişiça, gap Rossiya imperiyasi vaqtidagi davlat ramzlariga qaytiş haqida ketmoqda.

Avvalroq partiya yetakçisi Vladimir Jirinovskiy imperiya vaqtidagi qora-sariq-oq rangdagi bayroq va "Bojye Tsarya xrani" (Tangri şohni asra) madhiyasiga qaytişni bir neça bor taklif qilgan.